Kirish Ro'yxatdan o'tish

Semenyo APL afsonasining natijasini yangiladi

Semenyo APL afsonasining natijasini yangiladi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumchisi Antuan Semenyo «Chelsi» darvozasiga yagona golni kiritib, jamoasiga Angliya Kubogi finalida g‘alaba taqdim etdi.

Ganalik futbolchi uchrashuvning 71-daqiqasida ajralib turdi — bu uning klubga kelganidan beri «shaharliklar» safida urgan o‘ninchi goli bo‘ldi. Forvard mavsumning birinchi yarmida «Bornmut» tarkibida ham xuddi shuncha — 10 ta gol urishga ulgurgan edi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Semenyo bir mavsum davomida APLning ikki xil klubi safida 10 ta va undan ko‘p gol urgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Bu ishni birinchi bo‘lib Endi Koul uddalagan: u 1994/95 yilgi mavsumning qishigacha «Nyukasl» raqiblari darvozasini 15 bor ishg‘ol qilgan, shundan so‘ng «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tib, mankunianliklar safida yana 12 ta gol muallifiga aylangan edi.

Kiritildi: 10:08, 17.05.2026.
O'qildi: 648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик