Kirish Ro'yxatdan o'tish

Semenyo Angliya Kubogi finallari tarixida gol urgan ilk ganalik futbolchi bo‘ldi

Semenyo Angliya Kubogi finallari tarixida gol urgan ilk ganalik futbolchi bo‘ldi

Baho:
+ | -

Angliya Kubogining 2025/2026 yilgi mavsum final uchrashuvida «Manchester Siti» Londonning «Chelsi» jamoasi bilan to‘qnash keldi. Xosep Gvardiola shogirdlari «pensionerlar» ustidan 1:0 hisobida minimal g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Antuan Semenyo bo‘ldi. Ushbu gol evaziga vinger tarixdan joy oldi — Antuan Angliya Kubogi finalida gol urishga muvaffaq bo‘lgan ilk ganalik futbolchiga aylandi.

Ta’kidlash joizki, «Manchester Siti» o‘z tarixida sakkizinchi bor Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi. Yakuniga yetgan turnir davomida Semenyo 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 10:10, 17.05.2026.
O'qildi: 397 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик