Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» himoyachisi Italiya grandi safiga o‘tishga yaqin turibdi

«Liverpul» himoyachisi Italiya grandi safiga o‘tishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» markaziy himoyachisi Jo Gomes — «Milan»ning potensial transfer maqsadiga aylandi. Ingliz futbolchisi o‘tgan yozdayoq «rossoneri» safiga borib qo‘shilishi mumkin edi, biroq mersisaydliklar Mark Gexining transferi barbod bo‘lgani sababli ushbu kelishuvni bekor qilishgandi.

Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Gomesning vakillari «Milan» klubiga «Liverpul» bo‘lajak transfer oynasida futbolchini qo‘yib yuborishga to‘liq tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Tez orada muzokaralar qayta tiklanishi mumkin.

Jo Gomes joriy mavsumda Arne Slot jamoasi safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali markaziy himoyachining narxini 15 million yevroga baholamoqda. Joriy yilning 23 may kuni futbolchi 29 yoshni qarshi oladi.

Kiritildi: 10:11, 17.05.2026.
O'qildi: 584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик