Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola Angliya Kubogi qahramoni Antuan Semenyoning asosiy ustunliklarini sanab o‘tdi

Gvardiola Angliya Kubogi qahramoni Antuan Semenyoning asosiy ustunliklarini sanab o‘tdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi Antuan Semenyo haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Shanba kuni ganalik futbolchi «Uembli»da yagona golga mualliflik qilib, «Chelsi»ga qarshi Angliya Kubogi final uchrashuvi qahramonlaridan biriga aylandi. Forvard 71-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etib, «shaharliklar»ga minimal hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

«Antuan buni Iraola qo‘l ostida, «Bornmut»da ham uddalardi, unda gol sezish qobiliyati juda kuchli. U uchta pozisiyada o‘ynashga qodir. Mening fikrimcha, u hujumda juda foydali: o‘tgan o‘yinda Fodenning uzatmasidan keyin qanday gol urganini eslang. Ajoyib yakun. Bugun ham u juda chiroyli gol urdi. Semenyo, xuddi Gexi kabi, qishda jamoaga kelishi bilan darhol ulkan foyda keltira boshladi», — deya Gvardiolaning jurnalistlar bilan suhbatdagi so‘zlarini keltiradi matbuot xizmati.

Antuan Semenyo «Siti» safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 10:16, 17.05.2026.
O'qildi: 477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик