Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul»da omadi chopmagan Federiko Kyeza Italiyaga qaytmoqda

«Liverpul»da omadi chopmagan Federiko Kyeza Italiyaga qaytmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» vingeri Federiko Kyeza katta ehtimol bilan bo‘lajak yozgi transfer oynasida Italiyaga qaytadi. 28 yoshli futbolchi Arne Slot jamoasida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti, shu sababli u vataniga qaytish niyatida.

Jurnalist Nikolo Skiraning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transferiga A Seriyaning ikkita klubi qiziqish bildirmoqda, biroq ularning nomlari hozircha oshkor qilinmayapti. Bundan oldingi transfer oynalarida «Yuventus» va «Fiorentina»ning sobiq yulduzini Italiyaning deyarli barcha grand klublari bilan bog‘lashgan edi.

Kyeza joriy mavsumda «Liverpul» safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali Federikoning transfer bahosini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:20, 17.05.2026.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик