Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman: Konor Makgregor 5 yillik tanaffusdan so‘ng oktagonga qaytadi. Uning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Rasman: Konor Makgregor 5 yillik tanaffusdan so‘ng oktagonga qaytadi. Uning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

UFC o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik Maks Xollouey o‘rtasidagi jang UFC 329 turnirida bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Ushbu to‘qnashuv 12 iyul kuni Las-Vegasdagi (AQSH) «Ti-Mobayl Arena»da tashkil etiladi. Bahs yarim o‘rta vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.

37 yoshli irlandiyalik sportchi o‘zining so‘nggi jangini 2021 yilning iyul oyida o‘tkazgan bo‘lib, o‘shanda Dastin Poryega oyog‘i singani sababli mag‘lub bo‘lgan edi. Uning hisobida aralash yakkakurashlarda jami 22 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat mavjud.

34 yoshli Xollouey esa 2026 yilning mart oyida braziliyalik Charlz Oliveyraga hakamlar qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Uning faoliyati davomida 27 ta g‘alaba va 9 ta mag‘lubiyat bor.

Kiritildi: 10:48, 17.05.2026.
O'qildi: 1396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик