Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» Jahon chempionatiga boradigan futbolchilar soni bo‘yicha antirekord o‘rnatdi

«Yuventus» Jahon chempionatiga boradigan futbolchilar soni bo‘yicha antirekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi Jahon chempionatiga atigi yetti nafar futbolchisini yubormoqda — va bu nomdor klub uchun yangi antirekorddir.

Bundan avval turinliklar Jahon chempionatining final bosqichlarida qatnashadigan futbolchilar soni bo‘yicha doimo Yevropa yetakchilari qatorida bo‘lib kelishgan.

Hozirda «Yuventus»dan Jahon chempionatiga quyidagi futbolchilar yo‘l oladi: Gleyson Bremer Braziliya terma jamoasiga, Xuan Kabal Kolumbiya terma jamoasiga, Fransishku Konseysau Portugaliya terma jamoasiga, Jonatan Devid Kanada terma jamoasiga, Emil Xolm Shvesiya terma jamoasiga, Kenan Yildiz Turkiya terma jamoasiga va nihoyat, Ueston Makkenni Amerika Qo‘shma Shtatlari terma jamoasiga.

Ular qatoriga Tyon Kopmeyners ham qo‘shilishi mumkin, biroq hozircha bu aniq fakt emas.

Kiritildi: 10:55, 17.05.2026.
O'qildi: 654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик