Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bu takrorlanmas kun bo‘ladi»: Subimendi YECHL finali oldidan muxlislarga va’da berdi

«Bu takrorlanmas kun bo‘ladi»: Subimendi YECHL finali oldidan muxlislarga va’da berdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi «PSJ»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan YECHL final uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Ushbu to‘qnashuv 30 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadi. «To‘pchilar» o‘z tarixlarida ilk bor eng nufuzli Yevrokubokda g‘olib chiqishlari mumkin.

«Biz bu o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz. Ortda uzun mavsum qoldi va biz muvaffaqiyatga qanchalik yaqin turganimizni ko‘rib turibmiz. Barchasini haqiqatan ham buyuk natija bilan yakunlashni juda istardik. Agar buni uddalay olsak, muxlislarimizga unutilmas xotiralarni taqdim etamiz. Umid qilamanki, bu takrorlanmas kun bo‘ladi», — deya Subimendining so‘zlarini keltiradi Daily Mail nashri.

Eslatib o‘tamiz, yarim finalda Mikel Arteta shogirdlari Madridning «Atletiko» klubini umumiy 2:1 hisobida mag‘lub etishgan edi.

Kiritildi: 11:37, 17.05.2026.
O'qildi: 474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик