Kirish Ro'yxatdan o'tish

Italyano Jonatan Rouning yulduz bo‘lishi uchun asosiy shartni aytdi

Italyano Jonatan Rouning yulduz bo‘lishi uchun asosiy shartni aytdi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Bolonya» klubi ustozi Vinchenso Italyano jamoa hujumchisi — ingliz futbolchisi Jonatan Rouning salohiyatini yuqori baholadi. Uning fikricha, futbolchi juda kuchli o‘yinchi bo‘lib yetishishi mumkin — biroq buning uchun bitta muhim shartga amal qilinishi lozim.

«Agar u mashg‘ulotlar ham xuddi rasmiy o‘yinlar kabi katta ahamiyat va shiddatga ega ekanligini tushunib yetsa, haqiqiy chempionga aylanishi mumkin. Bu uning uchun oldinga tashlangan muhim qadam bo‘ladi», — deya Italyanoning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it portali.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda «Bolonya» Italiya A Seriya turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi turda klub Bergamoning «Atalanta» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 11:44, 17.05.2026.
O'qildi: 525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик