Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabregas jamoasi YECHL yo‘lidagi muhim o‘yin oldidan Niko Pasni yo‘qotdi

Fabregas jamoasi YECHL yo‘lidagi muhim o‘yin oldidan Niko Pasni yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Italiya chempionati yakunishiga ikki tur qolganida ham hali hamon Chempionlar ligasi hududidan (kuchli to‘rtlikdan) joy olishga da’vogarlik qilayotgan «Komo» tarkibida jiddiy yo‘qotish qayd etildi.

Ispaniyalik mutaxassis Sesk Fabregas boshqarayotgan klub o‘z tarkibidagi asosiy yulduzlardan biri — hujumchi Niko Pasni yo‘qotdi. Fabregasning aniqlik kiritishicha, futbolchining tizzasida muammolar yuzaga kelgan. Bu holat «Komo»ning turnirdagi o‘z vazifalarini hal qilib bo‘lgan «Parma»ga qarshi kechadigan bahsdagi imkoniyatlarini sezilarli darajada pasaytirishi aniq.

Eslatib o‘tamiz, Pas joriy mavsumda Italiya chempionatida 12 ta gol urishga ulgurgan edi — bu klubda Anastasios Duvikasdan keyingi ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Ayni paytda Italiya shimoli vakili bo‘lgan ushbu klub A Seriya turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:15, 17.05.2026.
O'qildi: 601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик