Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nagelsmann Noyerning termaga qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Nagelsmann Noyerning termaga qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Manuel Noyerning qaytishi haqida tarqalgan ma’lumotlarga munosabat bildirdi. Turli manbalarning xabariga ko‘ra, «Bavariya»ning 40 yoshli darvozaboni milliy jamoaga qaytadi va u bilan birga Jahon chempionatiga yo‘l oladi. Bundestim ustozi esa yulduzli faxriy futbolchi borasidagi savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishni istamadi.

— Bu haqda so‘rashayotgani meni hayron qoldirmaydi, lekin men avvalo futbolchilarning o‘zi bilan shaxsan gaplashib olmoqchiman, hozircha buni amalga oshirganim yo‘q, — dedi Nagelsmann Sportstudio nashriga bergan intervyusida.

— Noyer 55 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkib ro‘yxatiga kirdimi? — Buni izohlamayman. Men hatto ushbu ro‘yxatning o‘zini ko‘rganim ham yo‘q — qaydnomani mening menejerim jo‘natgan, — deya kulgancha javob qaytardi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Manuel Noyer Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini 2024 yilda yakunlagan edi.

Kiritildi: 12:18, 17.05.2026.
O'qildi: 403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик