Kirish Ro'yxatdan o'tish

Simeone: «Ikkinchi Grizmann hech qachon bo‘lmaydi»

Simeone: «Ikkinchi Grizmann hech qachon bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone hujumchi Antuan Grizmannning o‘rnini bosadigan futbolchi haqidagi savolga javob berdi. 35 yoshli fransiyalik futbolchi allaqachon «Orlando Siti» klubi bilan shartnoma imzolab bo‘lgan. Forvard mavsum yakunlanganidan keyin «matraschilar» bilan xayrlashadi.

«Bunday iqtidorga ega boshqa bir futbolchi hech qachon bo‘lmasligi kundek ravshan. Grizmann va Koke jamoaning eng tajribali ikki o‘yinchisi sifatida barchani o‘z ortidan ergashtira olardi. Bu alohida mas’uliyat va rol bo‘lib, uni tushuntirib berish qiyin. Endi biz xuddi shunday mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan boshqa bir insonni topishimiz kerak», — deya ispaniyalik OAV Simeonening so‘zlarini keltirmoqda.

Bugun Antuan Grizmann «Atletiko»ning joriy mavsumdagi so‘nggi uy uchrashuvida «Metropolitano» stadioni muxlislari bilan xayrlashadi. Madridliklarga ushbu bahsda «Jirona» jamoasi raqiblik qiladi.

Kiritildi: 12:35, 17.05.2026.
O'qildi: 384 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик