Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jerrard Salohning shov-shuvli bayonotidan hayratda

Jerrard Salohning shov-shuvli bayonotidan hayratda

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubining sobiq sardori Stiven Jerrard jamoa hujumchisi Muhammad Salohning ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan bayonotiga munosabat bildirdi.

Angliya Premyer-ligasi doirasida «Aston Villa»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan (2:4) so‘ng, misrlik futbolchi raqiblar yana qo‘rqishi uchun jamoa o‘z «hujumkorlik ritmini» tiklashi kerakligini yozib qoldirgan edi.

«Bu juda qiziq va kutilmagan holat. Saloh deyarli hech qachon omma oldida bunday chiqishlar qilmaydi, ayniqsa, bu turdagi xabarlarni e’lon qilmasdi», — dedi Jerrard TNT Sports efirida.

Mersisaydliklar sobiq sardorining ta’kidlashicha, Salohning ushbu bayonotni aynan mavsum yakuni arafasida va klubdan ketishi kutilayotgan bir paytda e’lon qilgani shubhali.

«Bu bosh murabbiy va shtab manziliga yo‘llangan ancha qattiq xabar hisoblanadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Saloh bu gaplarni faqat o‘z nomidan aytdimi yoki u butun kiyinish xonasidagi kayfiyatni ifodalayaptimi?» — deya qo‘shimcha qildi ekspert.

Ma’lumot uchun, APL turnir jadvalida «Liverpul» 59 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyatini yo‘qotgan jamoani 55 ochko to‘plagan va zaxirasida bitta o‘yini bor bo‘lgan «Bornmut» ta’qib qilmoqda.

Kiritildi: 12:39, 17.05.2026.
O'qildi: 1046 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик