Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Rasing» 14 yillik tanaffusdan so‘ng Ispaniya La Ligasiga qaytdi

«Rasing» 14 yillik tanaffusdan so‘ng Ispaniya La Ligasiga qaytdi

Baho:
+ | -

Shanba kuni «Rasing» o‘z maydonida «Valyadolid»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu natija tufayli Santander jamoasi Ispaniya ikkinchi divizionida top-2 dan joy olishini kafolatladi. Bu «Rasing»ning yuqori divizionga yo‘llanma olganini anglatadi. Keyingi mavsumda jamoa Ispaniyaning eng kuchli klublari bilan kuch sinashadi.

«Rasing» anchadan beri Ispaniyaning elita divizionida ishtirok etmayotgan edi. Jamoa bundan 14 yil avval — 2011/2012 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra La Ligani (Primera) tark etgandi.

Ispaniyaning yuqori divizioniga beriladigan ikkinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma uchun kurash esa hali davom etmoqda. Hozirda «Deportivo» turnir jadvalida eng yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibdi, biroq yana bir qator jamoalar ham kuchli ikkilikka kirish imkoniyatini saqlab qolishgan.

Kiritildi: 12:43, 17.05.2026.
O'qildi: 441 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик