Kirish Ro'yxatdan o'tish

Laporta Levandovskiga xayrlashuv maktubini yozdi

Laporta Levandovskiga xayrlashuv maktubini yozdi

Baho:
+ | -

«Barselona» prezidenti Joan Laporta Robert Levandovskiga jamoa tarkibidagi o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kecha 37 yoshli hujumchi mavsum yakunlanganidan keyin «ko‘k-anorranglilar»ni tark etishini e’lon qildi.

«O‘zining sportdagi iste’dodidan tashqari, «Barselona» va mamlakat tarixida o‘chirib bo‘lmas insoniy iz qoldirayotgan shaxs — Robert Levandovskiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

U klub uchun qiyin bo‘lgan paytda yetib kelgandi va bu transfer uning aynan «Barsa»da o‘ynash istagidagi qat’iyati tufayli amalga oshgandi. Uning faoliyati va obro‘si jamoaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynadi. Jamoa so‘nggi to‘rt yil ichida uch bor chempionlikni qo‘lga kiritdi va bunda Robertning professionalligi, fidoyiligi hamda gollarining hissasi katta bo‘ldi.

«Barsa» va Kataloniya doimo sening uying bo‘lib qoladi! Hammasi uchun rahmat va tez orada ko‘rishguncha!» — deb yozdi Laporta.

Kiritildi: 12:58, 17.05.2026.
O'qildi: 668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик