Kirish Ro'yxatdan o'tish

Veynaldum APLga qaytishi mumkin

Veynaldum APLga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubining sobiq yarim himoyachisi Jorjinyo Veynaldum Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin. Football Insider nashrining xabariga ko‘ra, hozirda «Al-Ittifoq» safida to‘p surayotgan 35 yoshli niderlandiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga keyingi mavsumda APLda debyut qiladigan (yoki APLga yo‘llanma olgan) «Koventri» klubi qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi yarim himoyachiga bir yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Jorjinyo Veynaldum 2023 yilda «PSJ»dan «Al-Ittifoq»ga 8 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi Saudiya klubi safinda barcha turnirlarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Veynaldumning transfer qiymatini 2,5 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:19, 17.05.2026.
O'qildi: 721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик