Londonning "Chelsi" klubi hujumkor yarim himoyachisi Estevao Villian jiddiy jarohatdan qutilib qoldi. Bu haqda nufuzli BBC nashri jurnalistlari xabar tarqatmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, vingerning jarohatlangan soni operasiya qilinmaydigan bo‘ldi. 19 yoshli braziliyalik futbolchi taxminan bir oy oldin "Manchester Yunayted"ga qarshi (0:1) kechgan bahsda shikastlangan edi. Eslatib o‘tamiz, aynan ushbu jarohat sabab Estevao Braziliya terma jamoasining JCH-2026 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilmagan edi.
Ma’lumot uchun, vinger Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga ulgurdi.













