Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriya. «Roma» «Lasio»ni taslim etib, qatorasiga 4-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 4-o‘ringa ko‘tarildi

A Seriya. «Roma» «Lasio»ni taslim etib, qatorasiga 4-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 4-o‘ringa ko‘tarildi

Baho:
+ | -

«Roma» Italiya chempionatining 37-turi doirasida o‘z maydonida «Lasio»dan ustun keldi — 2:0. Uchrashuv «Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda Janluka Manchini dubl qayd etdi. 70-daqiqadan boshlab har ikki jamoa ham maydonda o‘n kishi bo‘lib harakat qildi. Sportchiga hos bo‘lmagan xulq-atvor uchun «Roma» himoyachisi Uesli va «Lasio» yarim himoyachisi Nikola Rovella qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

«Roma» qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda g‘alaba qozondi va 70 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Lasio» (51 ochko) esa 9-pog‘onani band etib turibdi.

Italiya chempionatining so‘nggi turida, 24 may kuni «Roma» safarda «Verona» bilan kuch sinashadi, «Lasio» esa o‘z uyida «Piza»ni qabul qiladi.

«ROMA» — «LASIO» — 2:0

Gollar: Janluka Manchini 40 (1:0), Janluka Manchini 66 (2:0).

«Roma»: Svilar, N`Dika (Rench, 37), Ermoso, Manchini (Siolkovski, 83), Kristante, El-Aynaui, Uesli Vinisius, Zeki Chelik, Dibala (Dovbik, 88), Pizilli (El-SHaaravi, 46), Malen (Soule, 83).

«Lasio»: Furlanetto, Provstgor, Xila, Nunu Tavaresh, Marushich (Lassari, 79), Rovella, Teylor (Dele-Bashiru, 62), Bashich, Noslin (Pedro, 79), Kanchelyeri (Isaksen, 71), Dia (Maldini, 62).

Ogohlantirishlar: Ermoso (42), El-SHaaravi (85) — Teylor (21), Kanchelyeri (42), Nunu Tavaresh (64).

Chetlatishlar: Uesli Vinisius (70) — Rovella (70).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:16, 17.05.2026.
O'qildi: 613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик