Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vinisius La Liga joriy mavsumidagi 16-golini urdi

Vinisius La Liga joriy mavsumidagi 16-golini urdi

Baho:
+ | -

"Real" vingeri Vinisius Junior La Liganing 37-turidan o‘rin olgan "Sevilya"ga qarshi o‘yinda hisobni ochdi.

Braziliyalik futbolchi uchrashuvning 15-daqiqasida Kilian Mbappening ko‘kragi bilan yetkazib bergan uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qildi (1:0, ikkinchi bo‘lim ketmoqda).

Bungacha Vinisius ketma-ket 2 ta o‘yinda gol ura olmagan edi, ushbu quruq seriyadan avval esa u 3 may kuni "Espanyol"ga qarshi kechgan bahsda (2:0) dubl qayd etgandi.

Umumiy hisobda vinger La Liganing joriy mavsumidagi 35 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 23:14, 17.05.2026.
O'qildi: 736 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик