Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» Kyezaning narxini belgiladi

«Liverpul» Kyezaning narxini belgiladi

Baho:
+ | -

«Liverpul» vingeri Federiko Kyeza yozgi transfer oynasida sotib yuborilishi mumkin. Avvalgi yillarda bo‘lgani kabi, italiyalik futbolchining yana o‘z vataniga qaytishi haqidagi xabarlar faollashmoqda.

Calciomercato nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «qizillar» 28 yoshli futbolchini taxminan 25 million yevroga sotishga tayyor. Vaziyatni A Seriyaning ikki grandi — «Yuventus» va «Napoli» diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Federiko Kyeza 2024 yilning avgust oyida aynan «Yuventus»dan «Liverpul»ga o‘tgan edi, biroq o‘shanda mersisaydliklarga ancha arzonga — 12 million yevroga tushgandi. Joriy mavsumda futbolchi Arne Slot jamoasi safinda barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 09:10, 18.05.2026.
O'qildi: 500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик