Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa: «Uning omadi kelmadi»

Arbeloa: «Uning omadi kelmadi»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Kilian Mbappening «Sevilya»ga qarshi o‘yindagi (1:0) harakatlariga baho berdi. Fransiyalik hujumchi jarohatidan so‘ng asosiy tarkibga qaytdi, biroq samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi. Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan La Liga bahsida «qaymoqranglilar»ga minimal hisobdagi g‘alabani Vinisius Juniorning goli taqdim etdi.

«Mbappe ajoyib hajmdagi ishni bajardi. Afsuski, bu safar u gol ura olmadi — omadi kelmadi. Umid qilamanki, keyingi haftada unga omad kulib boqadi», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltirmoqda Madrid Xtra.

27 yoshli forvard 24 ta gol bilan Ispaniya chempionati to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. 23 may kuni «Real» o‘z maydonida so‘nggi tur doirasida Bilbaoning «Atletik» klubini qabul qiladi.

Kiritildi: 09:17, 18.05.2026.
O'qildi: 585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик