Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Hakam nimaga asoslanganini bilmayman»: Flik «Betis» bilan o‘yindagi bahsli penalti haqida gapirdi

«Hakam nimaga asoslanganini bilmayman»: Flik «Betis» bilan o‘yindagi bahsli penalti haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Betis»ga qarshi o‘yinda jamoasi darvozasiga belgilangan penalti haqida gapirdi. Uchrashuv Kataloniya grandining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 68-daqiqasida mehmonlar o‘zlarining yagona golini urishdi — o‘n bir metrlik jarima zarbasini Isko aniq amalga oshirdi.

«O‘sha vaziyatda hakam nimaga asoslanib penalti belgilaganini bilmayman. Men undan bu borada tushuntirish olishni istardim. Mening nazarimda, u yerda penaltining hatto ishorasi ham yo‘q edi, lekin baribir belgilandi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, buning endi ahamiyati yo‘q», — deya Ispaniya OAVlari Flikning so‘zlarini keltirmoqda.

«Barselona» so‘nggi tur oldidan 94 ochko jamg‘argan holda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va Madridning «Real» klubini 11 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: 10:34, 18.05.2026.
O'qildi: 433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик