Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» va «Liverpul» bitta darvozabon uchun kurash olib bormoqda

«Chelsi» va «Liverpul» bitta darvozabon uchun kurash olib bormoqda

Baho:
+ | -

«Sanderlend» sharafini himoya qilayotgan niderlandiyalik darvozabon Robin Rufs Angliya Premyer-ligasining ikkita klubi qiziqishlari doirasida turibdi. Bu haqda The Sun nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ma’lum bo‘lishicha, Londonning «Chelsi» va «Liverpul» klublari darvozabonni o‘z saflariga qo‘shib olishni istashmoqda. Ehtimoliy transfer summasi taxminan 60 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Robin «qora mushuklar» safini o‘tgan yilning yozida to‘ldirgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2030 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Joriy mavsumda Rufs 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 46 ta gol o‘tkazib yubordi. 11 ta bahsda esa niderlandiyalik posbon o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi

Kiritildi: 10:53, 18.05.2026.
O'qildi: 691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик