Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa Vinisius, Tchuameni va Xyoysenning jarohatlari haqida xabar berdi

Arbeloa Vinisius, Tchuameni va Xyoysenning jarohatlari haqida xabar berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jarohat olgan futbolchilarning holati haqidagi savolga javob berdi.

Yakshanba kuni «qaymoqranglilar» La Liganing 37-turi doirasida Vinisius Juniorning goli evaziga «Sevilya»ni mag‘lub etishdi (1:0).

Uchrashuvning 77-daqiqasida braziliyalik futbolchi jarohat sababli maydonni tark etdi, bir oz oldinroq Orelyen Tchuameni bilan ham xuddi shunday holat yuz bergandi. Din Xyoysen o‘yinni oxirigacha yetkazdi, biroq unda ham sog‘liq bilan bog‘liq muammolar kuzatildi.

«Vinisius yengil noqulaylik sezgani uchun zaxiraga olindi, Tchuamenida ham xuddi shunday vaziyat. Xyoysen esa og‘riqli zarba qabul qilib oldi. Keyingi haftada kim maydonga tushishga tayyor bo‘lishini ko‘ramiz. Faqat shuni ayta olamanki, hech qanday jiddiy narsa sodir bo‘lmadi», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

23 may kuni «Real» chempionatning so‘nggi turi doirasida safarda Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 10:56, 18.05.2026.
O'qildi: 656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик