Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ukrainalik iqtidor APL nishonida

Ukrainalik iqtidor APL nishonida

Baho:
+ | -

Huquqlari Kiyevning «Dinamo» klubiga tegishli bo‘lgan hujumchi Matvey Ponomarenko tumanli Albionga ko‘chib o‘tishi mumkin, bu haqda skaut Emir xabar bermoqda. Insayderning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, ukrainalik hujumchining transferiga bir yo‘la ikkita klub qiziqish bildirmoqda. Gap «Brentford» va «Bornmut» klublari haqida bormoqda.

Har ikki klub ham futbolchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda va shu yozda uni sotib olishga harakat qilib ko‘rishi mumkin. Ehtimoliy transfer summasi 20 million yevroga baholanmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Ponomarenko Ukraina Premyer-ligasi doirasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Hujumchi ushbu bahslarda o‘z hisobiga 12 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 12:13, 18.05.2026.
O'qildi: 664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик