Kirish Ro'yxatdan o'tish

Grizmann: «Atletiko» safida Chempionlar ligasi va La Ligani yuta olmagan bo‘lsam-da, bundan muhimroq narsalar bor»

Grizmann: «Atletiko» safida Chempionlar ligasi va La Ligani yuta olmagan bo‘lsam-da, bundan muhimroq narsalar bor»

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Antuan Grizmann jamoa muxlislari bilan xayrlashdi. Yakshanba kuni fransiyalik futbolchining «matraschilar» safida o‘z maydonidagi xayrlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda u golli uzatmani amalga oshirib, jamoasining «Jirona» ustidan qozonilgan g‘alabasiga (1:0) hissa qo‘shdi.

«Men «Atletiko»ga La Liga va Chempionlar ligasida g‘alaba taqdim eta olmadim, ammo bugun oqshom sodir bo‘lgan voqea men uchun sovrinlardan ham muhimroq ahamiyatga ega. Sizlarning menga bo‘lgan muhabbatingizni bir umr yodimda saqlayman», — deya 35 yoshli futbolchining muxlislarga yo‘llagan murojaatidan iqtibos keltirmoqda Atletico Universe nashri.

Antuan Grizmann mavsum yakunlanganidan so‘ng «Orlando Siti» futbolchisiga aylanadi. Forvardning MLS klubiga o‘tishi shu yilning mart oyi oxiridayoq rasman tasdiqlangan edi.

Kiritildi: 12:15, 18.05.2026.
O'qildi: 494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик