Kirish Ro'yxatdan o'tish

Del Pyero JCH-2026 oldidan jahon futbolidagi eng iqtidorli yosh o‘yinchilarni nomladi

Del Pyero JCH-2026 oldidan jahon futbolidagi eng iqtidorli yosh o‘yinchilarni nomladi

Baho:
+ | -

Italiyalik sobiq hujumchi, 2006 yilgi Jahon chempioni Alessandro Del Pyero bo‘lajak Jahon chempionati ishtirokchilari orasida ayni damda kimlarni eng istiqbolli futbolchilar deb hisoblashi haqidagi savolga javob berdi.

«Arda Gyuler, Niko Pas va Rayan Sherki — shubhasiz, eng porloq va istiqbolli uchta iqtidordir. Shuningdek, Turkiyadan Kenan Yildizni ham aytib o‘tgan bo‘lardim. Umuman olganda, istalgan milliy terma jamoa tarkibidan o‘ziga xos va yaxshi futbolchilarni topish mumkin deb hisoblayman», — deya Del Pyeroning so‘zlarini keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati o‘n birinchi iyun kuni start oladi. Jahon futbolidagi bosh sovrinning amaldagi sohibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Kiritildi: 12:34, 18.05.2026.
O'qildi: 707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик