Kirish Ro'yxatdan o'tish

Glasner: «Arsenal»ga qarshi eng kuchli tarkibni tushiraman»

Glasner: «Arsenal»ga qarshi eng kuchli tarkibni tushiraman»

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner bo‘lajak «Arsenal»ga qarshi o‘yinda rotasiya o‘tkazish-o‘tkazmasligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Men «Arsenal»ga qarshi eng kuchli tarkibni maydonga tushiraman. Biz buni «Siti» yoki boshqa birov uchun emas, o‘zimiz uchun qilyapmiz. Biz buni «Kristal Pelas» va muxlislarimiz uchun qilamiz», — deya Glasnerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Match of the Day.

Angliya chempionatining joriy mavsumidagi so‘nggi uchrashuvni «Kristal Pelas» 24 may kuni «Arsenal»ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Qo‘shimcha qilish joizki, 27 may kuni «burgutlar» Konferensiyalar ligasi finalida «Rayo Valyekano» bilan bahs olib boradi.

Kiritildi: 14:47, 18.05.2026.
O'qildi: 659 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик