Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Flik «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolaydi

Flik «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiy Xans-Diter Flik mahalliy vaqt bilan 18 may kuni soat 14:00 da klub bilan yangi shartnoma imzolashini tasdiqladi. Marosim klub prezidenti Joan Laportaning ofisida yopiq formatda bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Marca.

Avvalroq tomonlar hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan edilar. Germaniyalik mutaxassis 2028 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bo‘lgan kelishuvga qo‘l qo‘yishi kutilmoqda.

Klub va murabbiy o‘rtasidagi muzokaralar hech qanday murakkabliklarsiz o‘tdi. Flik Barselonadagi hayotidan va jamoa bilan ishlashdan mamnun, rahbariyat esa ikki mavsum ichida 5 ta turnirda g‘olib chiqqan murabbiyga to‘liq ishonch bildirmoqda.

Shartnoma imzolanishidan avval Flik Rafa Yuste va Ronald Arauxo hamrohligida klub muzeyiga tashrif buyuradi. U yerda jamoa tomonidan joriy mavsumda qo‘lga kiritilgan ikkita kubokni muzeyga topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:00, 18.05.2026.
O'qildi: 690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик