Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fermin Lopes jarohat oldi. U JCHni o‘tkazib yuborishi mumkin

Fermin Lopes jarohat oldi. U JCHni o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

Ispaniya milliy terma jamoasi va «Barselona» klubi yarim himoyachisi Fermin Lopes kutilmagan jarohat tufayli bo‘lajak jahon chempionatidan mahrum bo‘lishi xavfi ostida turibdi. Bu haqda SPORT nashri xabar bermoqda.

La Liganing navbatdagi turidan o‘rin olgan «Betis» jamoasiga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limida 23 yoshli futbolchi o‘ng oyog‘ining beshinchi kaftusti suyagi sohasida kuchli og‘riq va noqulaylik his qilgan. Shu sababli murabbiylar shtabi uni tanaffus paytida zaxiraga olishga majbur bo‘lgan.

Bugun ispaniyalik iqtidorli futbolchi kataloniyalik shifokorlar nazoratida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishi belgilangan. Dastlabki tashxislar xavotirli bo‘lib, agar tibbiy tekshiruvlar natijasida suyak sinishi tasdiqlansa, Fermin Lopes yaqin kunlarda start oladigan jahon chempionatini butunlay o‘tkazib yuboradi.

Kiritildi: 16:12, 18.05.2026.
O'qildi: 937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик