Kirish Ro'yxatdan o'tish

Hakamlarning xatosi tufayli Neymar maydondan majburan chiqarib yuborildi (Video)

Hakamlarning xatosi tufayli Neymar maydondan majburan chiqarib yuborildi (Video)

Baho:
+ | -

Braziliya A Seriyasi doirasida kechgan «Santos» va «Koritiba» jamoalari o‘rtasidagi kechagi uchrashuvda Neymar va hakamlar brigadasi ishtirokida shov-shuvli voqea yuz berdi.

O‘yin vaziyatlaridan birida «Santos» hujumchisiga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan edi. To‘rtinchi hakam Neymar uchrashuvni davom ettira olmaydi deb noto‘g‘ri xulosa chiqargan va bayonnomaga (protokolga) aynan braziliyalik yulduzning almashtirilishini yozib qo‘ygan. Vaholanki, murabbiylar shtabi maydondan boshqa futbolchini olmoqchi edi.

Neymar maydonga qaytmoqchi bo‘lganida, almashtirish allaqachon rasman tasdiqlab bo‘lingani ma’lum bo‘ldi. Hakamlar brigadasi o‘z qarorini bekor qila olmadi, natijada hujumchi uchrashuvni muddatidan oldin yakunlashga majbur bo‘ldi. Ushbu voqea paytida braziliyalik futbolchi o‘zini o‘ta hissiyotlarga berilgan holda tutdi va hakamlar brigadasiga qarata baqirdi.

Uchrashuvning o‘zi esa «Koritiba»ning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Kiritildi: 16:23, 18.05.2026.
O'qildi: 1194 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик