Kirish Ro'yxatdan o'tish

Peres 85 yoshgacha "Real" prezidenti bo‘lib qolish niyatida

Peres 85 yoshgacha "Real" prezidenti bo‘lib qolish niyatida

Baho:
+ | -1

Madridning «Real» klubi rahbari Florentino Peres yaqin yillar ichida o‘z lavozimini tark etishni rejalashtirmayapti. Yaqinda Peresning o‘zi klubning yangi prezidenti uchun muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi, shuningdek, o‘z nomzodini qayta ko‘rsatishiga sha’ma qildi.

Vozpopuli nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 79 yoshli funksioner 2032 yilga qadar o‘z lavozimida qolish niyatida — o‘sha vaqtga kelib u 85 yoshga to‘ladi.

Bo‘lajak saylovlarda Enrike Rikelme Peresning ehtimoliy raqibi sifatida ko‘rilmoqda. Agar 23 mayga qadar Peresdan tashqari birorta ham nomzod o‘z arizasini ro‘yxatdan o‘tkaza olmasa, Florentino avtomatik tarzda yangi muddatga prezident etib qayta saylanadi.

Kiritildi: 16:51, 18.05.2026.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик