Kirish Ro'yxatdan o'tish

The Athletic: Lamin Yamal katta ehtimol bilan JCH-2026 startini o‘tkazib yuboradi

The Athletic: Lamin Yamal katta ehtimol bilan JCH-2026 startini o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

Lamin Yamal mushak jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi vakillari «Barselona» klubi va futbolchining o‘zi bilan aloqada bo‘lib, uning holatini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

Dushanba kuni The Athletic nashri sahifalarida Yamalning ayni damdagi vaziyatiga bag‘ishlangan yangi material chop etildi. Unda aytilishicha, 18 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasining Jahon chempionatidagi Kabo-Verdega qarshi ilk uchrashuvini katta ehtimol bilan o‘tkazib yuboradi. Ushbu bahs 15 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan ikkinchi o‘yinga (19 iyun) kelsak, Yamalning maydonga tushishi hali ham so‘roq ostida turibdi. Avvalroq matbuotda Lamin Yamal faqatgina Ispaniyaning mundialdagi uchinchi — Urugvayga qarshi uchrashuviga (27 iyun) tayyor bo‘lishi mumkinligi haqida yozishgan edi.

Kiritildi: 19:12, 18.05.2026.
O'qildi: 535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик