Kirish Ro'yxatdan o'tish

Antonio Ryudiger «Real»ning qat’iy qoidasiga rozi bo‘ldi va shartnomasini uzaytirdi

Antonio Ryudiger «Real»ning qat’iy qoidasiga rozi bo‘ldi va shartnomasini uzaytirdi

Baho:
+ | -

«Real» himoyachisi Antonio Ryudigerning amaldagi shartnomasi shu iyun oyi yakuniga qadar mo‘ljallangan. AS nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, germaniyalik futbolchi Madrid klubining mehnat bitimini yana bir mavsumga — 2027 yilning o‘rtalarigacha uzaytirish borasidagi taklifini qabul qilgan.

Qayd etilishicha, Ryudiger ikki yillik shartnoma olishdan umid qilgan edi, biroq u «Real»ning yoshi katta o‘yinchilarga faqat bir yillik bitim taklif qilish haqidagi ichki qoidasiga rozi bo‘lgan. Ma’lumot uchun, Ryudiger shu yilning mart oyida 33 yoshni qarshi oldi.

Antonio Ryudiger «Real» safida jami 182 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Ayni damda «qaymoqranglilar» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi va mavsumni aynan shu o‘rinda yakunlashlari naqd bo‘lgan.

Kiritildi: 21:57, 18.05.2026.
O'qildi: 1494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик