Xitoyning Chunsin shahrida yengil atletikaning sakrash dasturlari bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Ilk bor alohida tartibda tashkil etilgan ushbu qit’a birinchiligining dastlabki kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Balandlikka sakrash sektorida Barnoxon Sayfullayeva 1.83 metr natija bilan eng yuqori natijani qayd etib, Osiyo chempionligiga erishdi.
Kuni kecha o‘tkazilgan «Brilliant liga»ning ilk bosqichida shohsupaga ko‘tarilgan Anvar Anvarov joriy musobaqada 8.06 metr bilan zafar quchdi.













