Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Kafuning fikricha, milliy jamoa uzoq vaqt davomida bor mas’uliyatni faqat birgina Neymarning zimmasiga yuklab qo‘ygani sababli muvaffaqiyat qozona olmagan.
«Men Roberto Karlos bilan gaplashib, shunday dedim: «Bu yigitning mutlaqo yolg‘iz qolib ketgani juda achinarli. U 15 yil davomida hamma narsani bir o‘zi qilishga majbur bo‘ldi, ammo buni yolg‘iz bajarishdan foyda yo‘q. Gap milliy terma jamoa haqida ketganda, mas’uliyatni o‘zaro bo‘lishish kerak».
2002 yilda bizda maydonda hech qachon [yagona] eng yaxshi futbolchi bo‘lmagan. Agar Neymarda ham bizda 2002 yildagidek qo‘llab-quvvatlash tizimi bo‘lganida, u har safar maydonda eng zo‘ri bo‘lishga majbur bo‘lmasdi. Afsuski, uzoq vaqt davomida bizda faqat Neymar bor edi va biz hamma narsani uning zimmasiga yukladik.
Maydondagi harakatlari, hakam bilan qanday gaplashishi va futbolchilar bilan muloqotiga qarab, Kazemiro va Markinyosni yaxshi yetakchilar deb hisoblayman. Men ularni bugungi Braziliya terma jamoasining ikkita ajoyib sardori sifatida ko‘ryapman», – dedi Kafu ESPN nashriga.













