Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabi Alonso Menyanni «Chelsi»da ko‘rmoqchi

Xabi Alonso Menyanni «Chelsi»da ko‘rmoqchi

Baho:
+4 | -

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «Milan» darvozaboni Mayk Menyan APLga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Londonning «Chelsi» klubi futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. «Aristokratlar»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso Menyanni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Darvozabonning «Milan» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Mayk Menyan «Milan» tarkibida A Seriyada jami 156 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu o‘yinlarda posbon o‘z darvozasidan 150 ta to‘p olib chiqqan va 63 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Kiritildi: 22:58, 18.05.2026.
O'qildi: 1295 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик