«Arsenal» vingeri Bukayo Saka «Manchester Yunayted» va «Everton» sobiq hujumchisi Ueyn Runining natijasiga yaqinlashdi.
Angliya chempionatining 37-turi doirasida «Bernli»ga qarshi kechgan bahsda (1:0) Saka Kay Xavertsning goliga assistentlik qildi.
Hozirda 24 yoshu 255 kunlik bo‘lgan angliyalik futbolchi APL tarixida 50 va undan ortiq gol urgan hamda 50 va undan ortiq golli uzatmani amalga oshirgan eng yosh ikkinchi o‘yinchiga aylandi. U faqatgina Ueyn Runidan ortda qolmoqda (Runi bu natijani 24 yoshu 84 kunligida qayd etgan).
Bundan tashqari, Saka «Arsenal» tarixida Premyer-liga doirasida ham gollar, ham assistlar soni bo‘yicha 50 talik dovondan oshgan uchinchi futbolchi bo‘ldi. Bungacha londonliklar safida faqat Tyerri Anri va Dennis Bergkamp bunday natijaga erishgan edi.













