"Chelsi" sobiq ustozi Enso Mareska "Napoli"da ishlamaydi.
Jurnalist Alfredo Pedullaning yozishicha, italiyalik mutaxassisning nomi avvalroq "Napoli" bilan bog‘langan bo‘lsa-da, u hech qachon nomzodlar qatorida bo‘lmagan va kamida oxirgi 3-4 hafta ichida klub tomonidan muhokama qilinmagan.
46 yoshli mutaxassis Pep Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorini kutmoqda. Mareska ingliz klubini boshqarishga tayyor.
Avvalroq Daily Mail nashri ispaniyalik murabbiy Angliya chempionati yakunida iste’foga chiqishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi. Rasmiy bayonot yakshanba kuni chiqishi kutilmoqda.













