Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Liverpul» «Inter» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

«Liverpul» «Inter» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» «Inter» himoyachisi Denzel Dyumfrisga qiziqish ko‘rsatmoqda, deb ta’kidlaydi insayder Nikolo Skira.

Mersisaydliklar shartnomasida 25 million yevro miqdorida tovon puli ko‘rsatilgan 30 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. E’tiborli jihati shundaki, ushbu banddan faqat Italiya chempionatida ishtirok etmaydigan klublar foydalanishi mumkin.

Avvalroq, Madridning «Atletiko» klubi Dyumfrisning transferi uchun «Liverpul» bilan raqobatlashish niyatida ekanligi xabar qilingan edi.

Dyumfris 2021 yilning avgustidan buyon «Inter»da o‘ynab kelmoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 25 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 09:53, 19.05.2026.
O'qildi: 284 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик