«Inter» hujumchisi Lautaro Martines butun faoliyatini Milan klubida o‘tkazishni istashini tan oldi.
— Hozirda «Inter» siz uchun haqiqiy uyga aylanib bo‘ldi. Faoliyatingizni aynan shu yerda yakunlash istagi bormi?
«Ha, albatta, buni juda xohlardim. Mashg‘ulot bazasining kalitlari hali menda paydo bo‘lgani yo‘q-ku, lekin bunga yaqinman. Oilam Milanda baxtli: bu yerda restoranimiz bor, farzandlarim maktabga borishadi, ularning do‘stlari bor.
Hozirgi vaqtda o‘zimni boshqa klubda tasavvur qilishim qiyin. Futbolda hamma narsa juda tez o‘zgarishi mumkin, ammo agar meni «Inter»dan haydab yuborishmasa, shu yerda qolaman», — dedi Martines La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli hujumchi 2018 yilda «Rasing»dan o‘tganidan beri «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda.













