Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Barselona" Robert Levandovskiga o‘rinbosar sifatida Keyn variantini ko‘rib chiqmoqda

"Barselona" Robert Levandovskiga o‘rinbosar sifatida Keyn variantini ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Myunxenning "Bavariya" klubi forvardi Harri Keyn nomzodini o‘rganmoqda. Bu haqda Ispaniyaning nufuzli SPORT nashri xabar bermoqda.

Manbaning qayd etishicha, ingliz hujumchisi jamoani tark etadigan Robert Levandovskining o‘rnini bosa oladigan eng munosib nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Ko‘plab "Barselona" muxlislari uchun ham Keyn qisqa fursatda yuqori natija bera oladigan ideal hujumchi hisoblanadi. Keyn katta tajribaga ega va o‘ta sermahsul forvard bo‘lishiga qaramay, faoliyati davomida sovrinlarga boy bo‘lmagani sababli unda hamon yuqori motivasiya mavjud. Klub rahbariyati uning transferini o‘z vaqtida Levandovski bilan bo‘lgani kabi 3-4 yillik muvaffaqiyatli loyihaga aylanishi mumkin deb hisoblamoqda.

Biroq bu transferni amalga oshirish juda murakkab vazifa hisoblanadi. Ayni paytda 32 yoshda bo‘lgan hujumchi "Bavariya" klubida o‘zini to‘liq baxtli his qilmoqda va Myunxenni YECHLda g‘olib chiqish uchun eng maqbul makon deb biladi.

Bundan tashqari, futbolchining shartnomasida aniq belgilangan tovon puli bandi mavjud emas va "Bavariya" rahbariyati o‘z yetakchisining ketishiga osonlikcha ruxsat bermoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, Harri joriy mavsumda myunxenliklar tarkibida barcha turnirlarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 58 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 12:03, 19.05.2026.
O'qildi: 221 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик