Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Ispaniya klublari telehuquqlardan bir mavsumda qancha ishlab topishi ma’lum bo‘ldi

Ispaniya klublari telehuquqlardan bir mavsumda qancha ishlab topishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining yakuniy turida kurash nafaqat yevrokuboklar va ligada jon saqlab qolish, balki teletranslyasiya huquqlaridan keladigan millionlab yevrolar uchun ham kechadi. Marca portali jadvaldagi egallangan o‘ringa qarab jamoalarga tegadigan taxminiy summalarni hisoblab chiqdi. Hisob-kitoblar uchun so‘nggi rasmiy ma’lumotlar asos qilib olingan.

«Barselona» allaqachon chempionlikni qo‘lga kiritdi va u eng katta ulush — 54,9 million yevro oladi. Ikkinchi o‘rinda marraga yetib keladigan «Real»ga taxminan 48,4 million yevro ajratiladi. Uchinchi o‘rin va qariyb 42 million yevro uchun esa «Atletiko» va «Vilyarreal» o‘zaro kurash olib boradi.

Boshqa o‘rinlar uchun to‘lovlar quyidagicha:

  • 4-o‘rin — 35,53 million yevro

  • 5-o‘rin — 29,07 million yevro

  • 6-o‘rin — 22,61 million yevro

  • 7-o‘rin — 16,15 million yevro

  • 8-o‘rin — 11,30 million yevro

Bundan pastki o‘rinlarni egallagan jamoalar 9 milliondan 800 ming yevrogacha mablag‘ ishlab topadilar.

To‘lovlar klublarga darhol berilmaydi: summa ma’lum bir sxema bo‘yicha 5 ta mavsumga taqsimlanadi. Shunday qilib, teleko‘rsatuvlardan keladigan daromadlar nafaqat joriy natijaga, balki klubning o‘tgan yillardagi barqarorligiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Kiritildi: 14:29, 19.05.2026.
O'qildi: 353 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик