UEFA tashkiloti FIFA tomonidan taklif etilgan va IFAB (Xalqaro futbol assosiasiyalari kengashi) tomonidan tasdiqlangan yangi qoidalarni joriy etmaslikka qaror qildi.
Jahon futboli rahbariyatining yangi qaroriga ko‘ra, futbolchilar raqib bilan mojaro (tortishuv) paytida og‘zini qo‘li bilan yopganligi yoki hakam qarorlariga norozilik sifatida maydonni o‘zboshimchalik bilan tark etganligi uchun avtomatik ravishda qizil kartochka olishlari mumkin.
The Guardian nashrining xabar berishicha, ushbu yangi normalar 1 iyundan kuchga kiradi va 2026 yilgi Jahon chempionatida qo‘llaniladi, biroq Yevropa klublar o‘rtasidagi turnirlarda amal qilmaydi. Shu bilan birga, UEFA Jahon chempionati davomida ushbu yangiliklarning qo‘llanilishini diqqat bilan kuzatib borishini va kelasi mavsum davomida ularning samaradorligini baholashini ma’lum qildi.













