Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Bu shunchaki sirk!» — Roy Kin Brunu Fernandeshning rekordini nishonlagan «MYU» futbolchilarini ayovsiz tanqid qildi

«Bu shunchaki sirk!» — Roy Kin Brunu Fernandeshning rekordini nishonlagan «MYU» futbolchilarini ayovsiz tanqid qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» afsonasi Roy Kin Angliya chempionati doirasidagi «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yindan (3:2) so‘ng klub futbolchilarining ko‘rsatgan reaksiyasidan norozi bo‘ldi. Ushbu uchrashuvda portugaliyalik Brunu Fernandesh bir mavsumdagi golli uzatmalar soni bo‘yicha APL rekordini takrorlagan edi. Fernandesh o‘zining 20-assistini rasmiylashtirib, Tyerri Anri va Kevin de Bryuynega tegishli bo‘lgan rekordga tenglashdi.

Kinni bahsdan so‘ng jamoaning bor e’tibori umumiy natijaga emas, balki shaxsiy yutuqqa qaratilgani g‘azablantirdi.

«Bu pozisiyada o‘ynab, baribir assistlar amalga oshirasan. Ammo sovrinlarsiz bu hech narsani anglatmaydi. Eng muhimi — jamoa. Bir kishining rekordi emas. Hamma yugurib borib Brununi golli pas bilan tabrikladi. Kim gol urgani bilan esa hech kimning ishi yo‘q? Bu axir jamoaviy o‘yin-ku. Agar siz sovrinlar yutmayotgan bo‘lsangiz, golli uzatmalar haqidagi gap-so‘zlar shunchaki sirk. Eng muhimi — g‘alabalar, raqamlar emas», – dedi Kin «Stick to Football» YouTube-kanalida chiqish qilar ekan.

Shu bilan birga, studiyadagilar Kinning fikriga e’tiroz bildirib, Fernandeshning o‘zi o‘yindan keyin shaxsiy statistikasiga emas, balki jamoaning g‘alabasiga urg‘u berganini eslatib o‘tishdi.

Kiritildi: 17:42, 19.05.2026.
O'qildi: 491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик