Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Alan Shirer Gvardiolaning «Manchester Siti»dan keyingi rejalarini aytdi

Alan Shirer Gvardiolaning «Manchester Siti»dan keyingi rejalarini aytdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alan Shirer murabbiy Xosep Gvardiola «Manchester Siti»dan kutilayotgan ketishidan so‘ng qachon yana ishga qayrishi mumkinligi borasida o‘z taxminlarini bildirdi.

«Gvardiolani «Manchester Siti»dan keyin nima kutmoqda? Dam olish! Menimcha, hammasi xuddi avvalgidek bo‘ladi: u bir yil davomida hordiq chiqaradi, shundan so‘ng yangi kuch-quvvat bilan yana ishga kirishadi. Uni biror bir terma jamoa boshqaruvida tasavvur qila olaman. U yerda bosim kamroq demagan bo‘lardim, ammo balki bunchalik zo‘riqish bo‘lmas. Gvardiola uchun bu yangi chaqiruv bo‘lgan bo‘lardi», — deya Shirerning so‘zlarini keltirmoqda Tribal Football.

Gvardiola «Manchester Siti» bilan birgalikda olti marta Angliya chempioni bo‘ldi, uch marta mamlakat Kubogini, besh marta Angliya liga Kubogini va uch marta milliy Superkubokni qo‘lga kiritdi. Xalqaro maydonda esa mutaxassis klubni UYEFA Chempionlar Ligasi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatlarga boshlab keldi. Bundan tashqari, murabbiy «Barselona» va «Bavariya» klublarida ham faoliyat yuritgan bo‘lib, ular bilan ham ko‘plab sovrinlarga ega chiqqan.

Kiritildi: 17:53, 19.05.2026.
O'qildi: 228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик