Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Sevilya» rahbariyatida jiddiy tozalash ishlari boshlandi

«Sevilya» rahbariyatida jiddiy tozalash ishlari boshlandi

Baho:
+ | -

«Sevilya» klubi futbol direktori Antonio Kordon bilan hamkorlik to‘xtatilganini rasman e’lon qildi.

Tomonlar 2025/26 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin shartnomani o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilishga kelishib olishdi. Ushbu qaror Ispaniya chempionati tugaganidan so‘ng, 31 maydan kuchga kiradi.

Kordon andalusiyaliklar safiga 2025 yilning iyun oyida kelib qo‘shilgan edi va sport departamentida birinchi jamoa tarkibini shakllantirishga mas’ul sifatida faoliyat yuritayotgandi.

«Sevilya» La Liganing joriy mavsumida 43 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.

Avvalroq, klub «Sevilya» va Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Serxio Ramos nazoratiga o‘tishi mumkinligi, u potensial investor sifatida ko‘rilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 17:55, 19.05.2026.
O'qildi: 346 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик