Daily Mail nashri sahifalarida Xosep Gvardiola haqida maqola chop etildi. Nufuzli manbalar bir ovozdan «Aston Villa»ga qarshi o‘yindan so‘ng Gvardiola «Manchester Siti» bosh murabbiyligini tark etishini ta’kidlashmoqda.
Maqolada qayd etilishicha, Gvardiola o‘z jamoasi haqida yozilayotgan barcha narsalarga juda qiziqadi.
«Gvardiola — butun dunyo u haqida, uning klubi va jamoasi haqida nima deyayotganiga quloq tutishga moyil murabbiydir. Haqiqatan ham, Gvardiolaning ijtimoiy tarmoqlardan birida soxta (feyk) akkaunti borligi haqidagi fikr bir necha yillardan beri internetda muhokama qilib kelinadi. U buni hech qachon tasdiqlamagan, biroq uni Ankoutsning zamonaviy mavzesidagi restoranlarda o‘tirgancha, ijtimoiy tarmoq ilovasini varaqlab o‘tirganini ko‘rishganini da’vo qilishadi. Uning keng jamoatchilik jamoa tarkibi borasida nimalar deyotganiga bo‘lgan o‘ta kuchli qiziqishi, ayniqsa, «xavotirli yangiliklarga qaram bo‘lib qolgan» foydalanuvchining xulq-atvorini eslatadi», – deyiladi materialda.
Eslatib o‘tamiz, seshanba, 19 may kuni «Manchester Siti» «Bornmut»ga qarshi maydonga tushadi.













