«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi «Chelsi» xo‘jayinlarining faoliyati haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Men «Chelsi» xo‘jayinlarini maqtamoqchiman. Ular shubhasiz aqlli insonlar, lekin menimcha, ular hamma narsani barbod qilib qo‘yishganini anglab yetishdi va endi vaziyatni o‘nglashga harakat qilishmoqda. Shu bois ularga barakalla», — dedi Runi The Wayne Rooney Show efirida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Chelsi» shu yilning yozidan boshlab Xabi Alonso bosh murabbiy lavozimiga tayinlanishini e’lon qilgan edi. Ispaniyalik mutaxassis London klubi bilan 2029/30 yilgi mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi. Joriy mavsum davomida «ko‘klar» dastlab Enso Mareskani, keyin esa Liam Rosyenyorni iste’foga chiqarishgan edi.













