«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski o‘ziga tuhmat qilgan sobiq agenti ustidan ochilgan sud organida g‘alaba qozondi.
Sezari Kuxarski avvalroq bergan intervyularidan birida «Siz kimlarni jinoiy guruh deb atayapsiz?» degan savolga: «Prokuratura, Sementkovski, Levandovski va ularning butun jamoasini. Mening fikrimcha, ularning qilgan ishlari uyushgan jinoiy guruh toifasiga kiradi», — deb javob bergan edi. Ushbu so‘zlardan so‘ng polshalik futbolchining advokati Tomash Sementkovski sudga murojaat qilgan.
Agent qo‘yilgan oltita banddan to‘rttasi bo‘yicha aybdor deb topildi. Endi Kuxarski sud xarajatlarini qoplashi, 90 000 zlotiy (21 170 yevro) miqdorida jarima to‘lashi hamda yana 100 000 zlotiyni (23 522 yevro) xayriya jamg‘armasiga o‘tkazib berishi shart.













